Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida xorijga ishga yuborish hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Guliston tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda S.S. ismli shaxs fuqaro J.R.ni tanishlari yordamida 2,3 ming dollari evaziga Polsha orqali AQSHga ishlash uchun yuborishini vaʼda qilib, oldindan viza hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga 900 dollar va 1,2 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.T. ismli shaxs fuqaro X.Z.ni tanishlari yordamida AQSHga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

11-sentyabr kuni Samarqandda 14 ming dollar evaziga Samarqand—Istanbul—Madrid—Nikaragua yo‘nalishi bilan AQSHga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingandi. Iyun oyining o‘rtalarida Samarqandda ikki kishini AQSHga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlangandi. May oyida esa shunday noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yuborish uchun 30 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olingandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »