Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent xalqaro aeroporti va Bobur ko‘chasini bog‘lovchi ko‘prik yo‘lini ta’mirlash ishlari doirasida ko‘prik yo‘li orqali avtobuslar va yuk transporti harakati 1-oktyabrdan boshlab vaqtinchalik cheklandi.

“Toshshahartransxizmat”ning xabar berishicha, shu munosabat bilan, mazkur ko‘chalar orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakati quyidagicha tashkil etiladi:

Foto: “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati

67, 76, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko’chasidagi Yakkasoy TIIB bekatida qisqartiriladi;

11, 40, 45-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko’chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo’li, Sariko‘l, Temiryo’lchilar, H.Aliyev, Lokomotiv, Qumariq ko’chalari orqali keyingi harakati o’z yo’nalishi bo’ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi;

61, 106-sonli avtobus yo'nalishlari harakati Aeroport-2 bekatida qisqartiriladi;

47, 77-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Bobur ko’chasidan Nukus, A.Qahhor, A.Qahhor-7, Kichik Beshyog‘och, Kichik halqa yo’li, Sariko‘l, S.Banokatiy, Lokomotiv, Qumariq ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘ylab vaqtinchalik o‘zgartiriladi.

Aeroport yo‘l o‘tkazgichini rekonstruksiya qilish ishlari fevral oyida boshlangan. “Gazeta.uz”ning yozishicha, 2024-yilning dekabrigacha davom etishi kutilmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »