Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Armaniston parlamenti Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilish uchun ovoz berdi, deb xabar bermoqda Meduza.

Armaniston parlamentidagi yig‘ilish. 3-oktyabr, 2023-yil.
Foto: “RIA Novosti”

Armenpress xabariga ko‘ra, hujjatni ratifikatsiya qilish uchun 60 deputat “ha”, 22 deputat “yo‘q” ovozini berdi. Endi uni prezident imzolashi kerak.

Arman muxolifati ovoz berishni boykot qildi: xususan, “Armaniston” bloki kotibi Atsrvik Minasyan ratifikatsiya loyihasi go‘yoki Armaniston konstitutsiyasiga zid ekanligini aytdi. Shu bilan birga, mamlakat Konstitutsiyaviy sudi buning mutlaqo aksini ta’kidlagan.

Armaniston 1998-yilda Rim statutini imzolagan, biroq hujjat Armaniston konstitutsiyasiga zid deb topilgach, ratifikatsiya jarayoni 2004-yilda to‘xtatilgan. 2022-yil oxirida Armaniston hukumati jarayonni tikladi.

Rossiya Armanistonda Rim statuti ratifikatsiya qilinishiga faol qarshi chiqdi — ular XJS Vladimir Putin va Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan bir paytda Yerevanning bunday qarorini nomaqbul deb ataldi. 

O‘z navbatida, Armaniston hukumati nizomni ratifikatsiya qilish xavfsizlik masalalari tufayli  zarur ekanini asoslab berdi:

“Mamlakatimizga qarshi harbiy jinoyatlar sodir etilgan va etilmoqda. Bizga, mamlakatimizga, bu (ratifikatsiya) kerak”, — degan parlament spikeri Alyon Simonyan sentyabr boshida.

Rim statuti Xalqaro jinoiy sudni tashkil etuvchi shartnomadir. Uni 137 davlat imzolagan, 120 dan ortiq davlat ratifikatsiya qilgan.

XJS Putin va Lvova-Belovani hibsga olish orderini 2023-yil mart oyida bergan. Ular ukrainalik bolalarni bosib olingan hududlardan noqonuniy olib chiqib ketishda gumonlanmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »