Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX xo‘jayini Ilon Mask AQShning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda qoldi.

Uning boyligi Twitter sotib olinganiga qaramay 2022-yildan beri o‘zgarmadi va Forbes ma'lumotlariga ko‘ra 251 milliard dollarga baholanmoqda. 

Foto: AP

Amazon asoschisi va sobiq rahbari Jeff Bezos ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, uning boyligi 2022-yildagi 151 milliard dollardan 161 milliard dollarga oshdi.

Forbes undan keyingi o‘ringa Oracle axborot texnologiyalari korporatsiyasi asoschisi va sobiq bosh direktori Larri Ellisonni kiritdi. Ellisonning boyligi 158 milliard dollarga baholanmoqda, o‘tgan yili uning boyligi 101 milliard dollar edi, deb yozadi Forbes.

To‘rtinchi o‘rinni mashhur amerikalik sarmoyador Uorren Baffet egalladi, uning boyligi 121 milliard dollarga baholandi. O‘tgan yili unda 97 milliard dollar bor edi. Beshinchi o‘rinda Google korporatsiyasining bosh kompaniyasi Alphabet’ning sobiq rahbari Larri Peyj bor (uning boyligi 93 milliard dollardan 114 milliarga oshgan), oltinchi o‘rinda esa Microsoft asoschisi Bill Geyts, uning boyligi 106 milliard dollardan 111 milliard dollarga ko‘tarilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »