Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Nepal g‘arbida 3-oktyabr kuni 6,3 va 5,3 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi. Oqibatda 17 kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: nepalnews.com

Yer silkinishlari Hindiston bilan chegaradosh Bajang tumanidagi katta magistralni to‘sib qo‘ygan ko‘chkiga sabab bo‘lgan. Yarim soat ichida birin-ketin sodir bo‘lgan zilzilalar oqibatida turar joy binolari va yo‘llar vayron bo‘lgan.

Zilzila episentrlari Talkot va Cheynpur hududlarida joylashgan bo‘lib, ular 600 kilometrdan ortiq masofada joylashgan. Ta’kidlanishicha, 17 kishi — o‘n bir nafar ayol va erkaklar turli darajadagi tan jarohatlari olib, mahalliy shifoxonalarga yotqizilgan. Jabrlanganlardan biri ustiga og‘ir narsa tushishi oqibatida yaralangan.

Yana bir ayol bedarak yo‘qolgan. Taxminlarga ko‘ra, uni ko‘chki bosgan. Nepal hukumati hozircha qidiruv-qutqaruv operatsiyasi haqida e’lon qilgani yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »