Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Dok-1 Maks” sudining navbatdagi majlisida farmatsevtlarning yana bir kirdikori — laboratoriyadan o‘tkazish uchun ishlab chiqaruvchilardan olingan dorilar sotilib, daromad o‘zaro taqsimlab kelingani fosh bo‘ldi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Foto: “Daryo”

Sudning 2023-yil 27-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida shu haqda so‘z borgan. 

Sudning o‘sha kungi majlisida so‘roq qilingan “Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi” MCHJ (mazkur MCHJ Toshkent farmatsevtika instituti hamda “Tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish markazi” DUKka qarashli bo‘lgan) sobiq rahbari M.H. sudya savollariga javoban laboratoriyadan o‘tkazish uchun deb olingan dorilar tanish-bilishlarga tegishli dorixonalarda sotilganini tasdiqladi.

Foto: “Daryo”
Tergovdagi ko‘rsatmangizda “2021-yil iyun oyiga qadar biz tejab qolingan dorilarni sotib, besh kishi o‘rtasida taqsimlar edik. Keyinchalik 2021-yilning iyun oyidan boshlab olti kishi o‘rtasida taqsimlay boshladik. Har oyda 80-100 million so‘mlik dori vositasini tekshiruvdan olib qolib, o‘zaro taqsimlab olganmiz. “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siroplarining bir qismi ham laboratoriya tekshiruvlaridan olib qolinib, sotib yuborilib, o‘zaro taqsimlab olingan”, deya ko‘rsatma bergansiz, shu haqda sudda ham batafsil tushuntirish bering, deb savol berdi sudya.

Ushbu savolga javob qaytargan sudlanuvchi tergovdagi ko‘rsatmasining dorini tejab qolish haqidagi qismi hamda “Dok-1 Maks”, “Ambronol” siroplarining bir qismi ham laboratoriya tekshiruvlaridan olib qolinib, sotib yuborilgani va daromad o‘zaro taqsimlab olingani haqidagi gaplarini tasdiqlamasligini bildirdi.

Dorilar ortgan va sotilgan, — dedi sudlanuvchi sudyaning dorilar sotilib, daromadlar taqsimlanganmi, degan savoliga qisqa javob berar ekan.  

Sudlanuvchi, shuningdek, orttirilgan dorilarning o‘ziga tegishli qismini qaynotasiga tegishli hovlida saqlab kelganini, sheriklariga tegishli dorilar esa ishxonada saqlanganini qo‘shimcha qildi. 

Foto: “Daryo”

“Daryo” jurnalisti qo‘lga kiritgan tergov hujjatlarida qayd etilishicha, sudlanuvchi va uning sheriklari 2021-yil boshidan 2022-yil dekabr oyiga qadar har oyda namuna sifatida qabul qilingan dori vositalarining bir qismini tekshiruvdan yashirincha olib qolib, undan kelgan daromadni o‘zaro bo‘lishgan. 2021-yil iyun oyiga qadar 5 kishi, keyinchalik 6 kishiga yetgan guruh orttirilgan dorilar sotilishidan oyiga 80—100 million so‘m foyda olgan. Daromad asosiy xodimlarga 20 million so‘mdan, qolganlariga 15-12 million so‘mdan taqsimlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »