Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishda qatnaydigan yo‘lovchi poyezdlari chiptalari narxi oshiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, yo‘lovchi poyezdlar chipta narxlari so‘nggi marta 2018-yilda mahalliy yo‘nalishlarda, 2019-yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdida qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lib, oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.

2019—2022-yillar va 2023-yilning to‘qqiz oyi davomida respublikada ish haqi miqdori 2,4 barobarga, elektroenergiya va yoqilg‘i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshgani, shuningdek, yo‘lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temiryo‘l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlashni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

“Shu munosabat bilan ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ AJ yo‘lovchi tashish xo‘jaligidagi yo‘lovchi chiptalarni 2023-yilning 20-oktyabr sanasidan mahalliy yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50 foizga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chiptalari to‘liq narxining 100 foizga oshirilishini maʼlum qiladi”, — deyiladi xabarda.

Sentyabr oxirlarida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temir yo‘l sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgandi. O‘shanda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingga aylantirilishi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning nosohaviy aktivlarini sotish vazifasi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »