Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pentagonda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun 5,2 milliard dollar mablag‘ bor, hozirgi xarajatlar darajasida bu yana olti oyga yetadi. Bu haqda Amerika harbiy departamentining ismi oshkor etilmagan vakillariga tayanib, The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Mablag‘lar urush boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yuborgan 43,9 milliard dollarlik xavfsizlik yordamining taxminan 12 foizini tashkil qiladi.

Foto: Google Images

The Wall Street Journal ta’kidlashicha, AQSH Ukraina armiyasini modernizatsiya qilish va uning NATO bilan muvofiqligini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli dastur uchun foydalangan hisob-raqamda hozir pul qolmagan.

Bundan tashqari, Ukrainaga ko‘rsatilgan yordamdan so‘ng, AQSH qurol zaxirasini to‘ldirish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdori taxminan 1,6 milliard dollarga kamaydi. Rasmiylarga ko‘ra, bu Pentagon ehtiyojlari uchun yetarli emas.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »