Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xorijiy tashriflardan asosiy maqsadlar nimalar ekani haqida maʼlumot berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sherzod Asadovning taʼkidlashicha, o‘tgan bir oy Shavkat Mirziyoyev faoliyati tashqi siyosiy tadbirlarga nihoyatda boy bo‘ldi. Xorijiy tashriflardan asosiy maqsadlardan biri O‘zbekistonda ish o‘rinlarini ko‘paytirish ekani qayd etilgan. 

“Oxirgi bir oyda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev faoliyati tashqi siyosiy tadbirlarga nihoyatda boy bo‘lmoqda. Intensiv va samarali xorijiy tashriflarning guvohi bo‘lyapmiz. Maʼlumki tashqi siyosat bu — mamlakatning ichki siyosatidan, ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Ushbu tashrif va xalqaro muloqotlardan asosiy maqsadlar, avvalambor, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini maksimal ishga solish bilan birga xorijiy investitsiyalarni jalb qilib O‘zbekistonda ish o‘rinlarini ko‘paytirish. Umuman aholi farovonligini oshirish va bu orqali inson qadrini ulug‘lash”, — deydi Sherzod Asadov.

https://t.me/daryo_live/90197

Xorijiy tashriflar:

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14-sentabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga borgan

17-sentyabr kuni esa BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan AQSHga yetib borgan

Shuningdek, Germaniya Federal kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Berlin shahriga tashrif buyurgan.

1-oktyabrda Qatar davlati amiri shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Doha shahriga borgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »