Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida fuqarolarni chuv tushirgan ayol va uning qiziga nisbatan sud ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi ikki shaxs Turkiyaning bir qator universitetlariga o‘qishga kirgizib qo‘yishni va’da qilib, 400 dan ortiq fuqarodan 5-9 million so‘mgacha pul olgan.

Sudlanuvchilar o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga o‘zlarini Turkiya universitetlarining rasmiy filiali vakillari sifatida tanishtirib, ishonchga kirgan. Ular hatto dars jarayonlarini ham tashkil etib, unga Turkiyada o‘qituvchilarni ham jalb etgan.

Shu kunga qadar jabrlanuvchilarning 100 dan ortig‘i ko‘rsatma bergan bo‘lib, jinoyat ish bo‘yicha sud hali davom etmoqda.

Avvalroq, Farg‘ona, Andijon, Guliston davlat universitetlari va “Narxoz”ga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Andijonda o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, 4 ming AQSH dollari olgan OTM xodimi qo‘lga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »