Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yunusobod va Olmazor tumanlarining ayrim joylarida issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, bugun, 3-oktyabr kuni isitish magistralidagi nosozliklarni bartaraf etish va tegishli jihozlarni almashtirish bo‘yicha avariyaviy taʼmirlash ishlarini olib boriladi. Shu sababli quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Yunusobod tumani — 13,14 va 17-mavzelar.
  • Olmazor tumani — Gulsaroy ko‘chasi, Qoraqamish 1/4 dahasi.

Issiq suv taʼminoti favqulodda taʼmirlash ishlari tugashi bilanoq (soat 21:00 gacha) tiklanadi.

Veolia Energy Tashkent MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va issiq suv taʼminotini tezroq tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Bundan oldin isitish mavsumiga tayyorgarlik doirasida taʼmirlash-profilaktika ishlari sabab Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Bektemir tumanlarining qator manzillarida issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »