Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xanchjou—2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 3-oktabr, seshanba kuni davom ettirilmoqda. 

Veloshossening shaxsiy poyga dasturida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya oltin medalni qo‘lga kiritdi. 18.3 km masofaga kechgan poygada Zabelinskaya 24:36.99 daqiqa natija ko‘rsatdi.

O‘zbekiston delegatsiyasida bugungi kun hisobidan ikkinchi oltin medal. 1000 metrga kanoechi yigitlar o‘rtasida kechgan poygada Shohmurod Xolmurodov hamda Nurislom To‘xtasin o‘g‘li juftligi marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan yana bir medal. 500 metrga kechgan dasturda Shahrizoda Mavlonova, Arina Tanatmisheva, Yekaterina Shubina hamda Yuliya Borzova kvarteti marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish baslarining so‘nggi starti O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli kechdi. Unda ayollar o‘rtasida 200 metrga kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur dasturda startga chiqqan Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova juftligi bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »