Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqda Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi 19-maktab o‘quvchilari maktab direktori tomonidan sholi dalasida ishlashga majburlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha yuqoridagi maktab direktori, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i, bo‘limi psixologi va o‘quvchilarning sinf rahbaridan tushuntirish xatlari olinib, voyaga yetmagan o‘quvchilar bilan tegishli mutaxassislar ishtirokida suhbatlashildi.

Aniqlanishicha, mazkur maktabning 9-“a” sinf o‘quvchilari A.Q., B.Sh., A.O. va B.O. tumandagi “Durdona” mahallasida joylashgan “Ibrohim baliqchi” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan sholi dalasida dars mashg‘ulotlaridan so‘ng fermer xo‘jalik rahbari K.X.ning taklifiga asosan ma’lum bir haq evaziga dalada o‘rilgan sholini to‘plash ishlarini bajargan.

“O‘rganishda, maktab direktori tomonidan voyaga yetmagan o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganligi holati o‘z tasdig‘ini topmadi. Shuningdek, ularni yoshini inobatga olmasdan fermer xo‘jaligida mehnat qilishga yo‘l qo‘yib bergan xo‘jalik rahbarining harakatlariga huquqiy baho berilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Rasmiy munosabatda to‘rt nafar bola dalaga chiqqani keltirilgan. Ammo videoda ular soni ko‘proq bo‘lganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, videoda videoda aks etgan o‘quvchilar dalaga maktab direktori tomonidan yuborilganini aytgan.

Holat Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi. Masʼullarning faoliyatiga huquqiy baho beriladi.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-1-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish — BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (6,6 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »