Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Erondan musodara qilgan minglab qurol va o‘q-dorilarni Ukrainaga topshiradi. Bu haqda CNN Amerika hukumatidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, AQSH Markaziy qo‘mondonligi bunday qaror haqida shu hafta oxirigacha e’lon qiladi.

Foto: Google Images

Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina hukumati va harbiylari Kiyevga ittifoqchilar tomonidan yetkazib berilgan qurollarni qayerda va qanday sharoitda qo‘llashni mustaqil hal qilishini aytib o‘tgandi.

“Ta’kidlash joizki, yetkazib berilgan harbiy texnikadan qanday foydalanish, ularni qayerda qo‘llash haqidagi qarorlar faqat ukrainaliklar tomonidan qabul qilinadi. Ular o‘z vatanlarini qanday himoya qilishni, o‘z yerlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qaytarib olishni hal qilishlari kerak. Biz buni faqat ularning ixtiyoriga qoldiramiz, bu holatda vaziyatga ta’sir qilishimiz faqat maslahat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin”, — degandi Entoni Blinken.

Shu bilan birga, Blinken Qo‘shma Shtatlar Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya hududiga berayotgan zarbalarini “rag‘batlantirmoqchi emas” va bunday hujumlarni qo‘llab-quvvatlamasligini ta'kidladi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujumlarni amalga oshirish bo‘yicha yakuniy qaror har qanday holatda ham Kiyevda qoladi, u bu hujumlar qanchalik zarurligini hal qilishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »