Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi” Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Foto: DW

Hujjatga muvofiq, “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida har yili respublikadagi barcha mahallalarda aholi ishtirokida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va obyekt o‘quv mashqlari o‘tkazib boriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini mummoli-vaziyatli o‘yinlar va mashg‘ulotlarda, milliy elektron platforma orqali, shuningdek, maxsus mashg‘ulotlar orqali tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan aholi, harbiy xizmat, davlat tashkilotlari rahbar xodimlari o‘quv mashqlarida tayyorgarlikdan o‘tadi. 

Milliy elektron platformaning o‘quv reja va dasturlariga har uch yilda bir marotaba, sohadagi innovatsion yondashuvlarni inobatga olgan holda o‘zgartirish kiritib boriladi.

Milliy elektron platforma orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslari faoliyatini Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nazorat qiladi.

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yildagi zilzilalar

O‘zbekistonda so‘nggi 10 yilda olti marotaba 6-8 balli zilzila sodir bo‘lgan va ular natijasida yetkazilgan iqtisodiy zarar 84 milliard so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, mamlakatda yarim yil ichida 50 ta ko‘p qavatli uylar (to‘qqiz qavatli va undan ortiq) loyihalarining faqat uchtasi ma’qullangan. Qolganlari seysmik talablarga javob bermagan va qayta ishlash uchun yuborilgan

Mart oxirlarida O‘zbekistonda yaqin kunlarda yana zilzila sodir bo‘lishi haqida turli xabarlar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirib, bugungi kunda dunyoning hech bir davlatida zilzila sodir bo‘ladigan sana va hatto taxminiy vaqtni bashorat qila oladigan texnologiyalar mavjud emasligini, O‘zbekiston seysmik faol zonada joylashgani sababli baʼzida yer silkinishlari sodir bo‘lishi va har doim shunday bo‘lganini bildirgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »