Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda sentyabr oyida ayrim isteʼmolchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishlari natijasida tizimga 111 milliard 428 million so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr hamda gaz taʼminoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda sentyabr oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 911 ta holatda isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.

Bunda 94 million 533 ming metr kub tabiiy gaz (91 milliard 57 million so‘m) va 42 million 961 ming kVt/soat elektr energiyasi (20 milliard 371 million so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida tizimga keltirilgan jami 111 milliard 428 million so‘m zarar undirishga qaratilgan.

Noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi — Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 472 ming 665 ta xonadonning, elektr energiyasi esa 214 ming 805 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Avvalroq Jizzax shahridagi MCHJ 3 mlrd 840 mln so‘m yoki 19 200 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shuningdek, Toshkentda salkam 530 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani, O‘zbekistonda bir oyda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga qancha zarar yetgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »