Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

IIV JXD YHXXning ma’lum qilishicha, endilikda respublika bo‘ylab qoidabuzarlikni aniqlovchi maxsus qurilmalar haydovchilarning transport vositasini boshqarishida xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzishi kabi qoidabuzarliklarni ham qayd etadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, konstruksiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart.

Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:

  • avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
  • homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy maʼlumotnoma mavjud bo‘lganda);
  • xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo‘lovchilari.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga ko‘ra, xavfsizlik kamari bilan bog‘liq qoidalarga amal qilmaslik BHM 50 foizi (165 ming so‘m) miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

Auksion orqali radar

Tadbirkorlarga 2021-yilning 1-martidan boshlab yo‘llarga kameralar va radarlar o‘rnatishga ruxsat berilgan. Yer uchastkalari onlayn auksionlar orqali taqdim etiladi.

Auksion g‘oliblari uchastkalarni boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan cheklanmagan muddatga oladi. 2021—2022-yillarda shu tarzda 3356 ta videokamera va 763 ta radar o‘rnatilgan. Ma’lumot uchun, 2021-yil iyun oyidan boshlab O‘zbekistondagi chorraha va yo‘llarda radar va kameralar qo‘yish joylari auksion orqali savdoga qo‘yilishi boshlangandi. 1-iyul kuni E-auksion saytida birinchi bor Toshkent shahrida radar o‘rnatiladigan joylar auksionga chiqarilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »