Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonliklar Germaniyaga oyligi 1,7 ming yevro bo‘lgan ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, Germaniyaga yuk mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga fuqarolar taklif etiladi. Nomzodlar uchun talablar:

  • avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnikum, kollej, institut yoki universitet diplomi;
  • avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajriba;
  • Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC’dan olingan nemis tili bo‘yicha B1 daraja sertifikat (A2 sertifikat bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin);
  • 20 yoshdan 40 yoshgacha;
  • sog‘lom, xushmuomala, mas’uliyatli bo‘lishi.

Afzalliklari:

  • Oylik 1700 yevrodan boshlanadi (netto);
  • Viza, Germaniyagacha aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan;
  • Sinov muddatidan so‘ng uzoq muddatli mehnat shartnomasi imkoniyati;
  • 1 yilda 30 kun ta’til;
  • Arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘mak.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

  • xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
  • avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha diplom;
  • nemis tilini bilish sertifikati (pdf shaklda);
  • nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

Ro‘yxatdan o‘tish

Mavzuga doir
Izoh

Sherzod Shomaqsudov

05.10.2023, 11:01

ойлиги озимиззи сомда канча болади

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »