Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo’jaligi agentligi tomonidan respublikadagi  o‘rmonlar maydonini kengaytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish, qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, o‘rmon fondining foydalanilmayotgan 3,5 ming gektar yer maydoni o‘zlashtirilib, foydalanishga kiritildi.

O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan jami 200 ming gektar, shundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida 128 ming gektar, Buxoro viloyatida 40 ming gektar, Navoiy viloyatida 17 ming gektar, Xorazm viloyatida 10 ming gektar va o‘rmon fondining boshqa hududlarida 5 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” – himoya o‘rmonzorlari qilish va qayta tiklash tadbirlari bajarildi. 

Foto: Google images

Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari dala chetlarida 2 ming gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etildi.
Ta’kidlash joizki, hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos manzarali, mevali daraxt ekish bugunning dolzarb mavzusiga aylanib ulgurgan. Shu bois o‘rmon xo‘jaliklarida 70 turdagi iqlim sharoitiga mos daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan, shundan ignabarglilar 8 tur, tez o‘suvchi va yaproqbarglilar 25 tur, mevalilar 15 tur, yong‘oq mevalilar 4 tur, cho‘l o‘simliklari 6 tur, har xil turdagi manzarali butalar 13 turni tashkil etadi.

Shuningdek, o‘rmon barpo qilish, niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari uchun daraxt va butalarning 980 tonna urug‘lari jamg‘arildi. Tuproq-iqlim sharoitga mos manzarali, mevali daraxt va butalar turlaridan 787 gektar maydonda niholxona, ko‘chatxonalar barpo qilindi. Natijada jami 101 mln, shundan, 32 millionta tut, 16 millionta terak va pavlovniya, 53 milllionta boshqa turdagi manzarali, mevali daraxt hamda butalarning nihol va ko‘chatlari yetishtirildi.

Qolaversa, 46 586 gektar maydonda kasallik va zararkunandalarni aniqlash ishlari olib borilib, jami 21 066 gektar, shundan 19 315 gektar maydonda biologik usulda qarshi kurashish tadbirlari olib borildi. O‘rmon fondi yerlarida jami 5280 gektar maydonda dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar plantatsiyasi tashkil etilib, 4845 tonna xom ashyo tayyorlandi. Qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida o‘rmon fondi yerlarida 5641 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib, chorva bosh soni 31 mingga, parranda 417 mingga, asalari oilasi soni 109 mingga yetkazildi.

“Yashil hudud” DUK tomonidan Farg‘ona viloyatida 9,3 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo qilingan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod va Sirdaryo tumanlarida yer tayyorlash ishlari yakunlandi. Hozirgi kunda boshqa hududlarda ham yer tayyorlash ishlari boshlanmoqda.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Zomin tumanida Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligida 110 gektar maydonda “yashil bog‘” tashkil etish maqsadida 44 mingta daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »