Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Darakchi” gazetasining ruscha nashri — “Darakchi plyus”ning faol jurnalisti Suriya Magdiyeva 4-oktyabr kuni vafot etdi. Bu haqda “Darakchi” nashri xabar berdi.

Foto: Facebook / Suriya Magdiyeva

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma 43 yoshda bo‘lgan. 

“Marhumani butun respublika, ayniqsa, Namangan viloyati isteʼdodli jurnalist sifatida yaxshi bilardi. U hech ham charchamaydigan, serharakat, respublikadagi barcha tadbirlarda faol, jamoada barchaga mehribon va aqlli inson edi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Suriya Magdiyeva poytaxtga kelishidan oldin “Namangan haqiqati” gazetasida faoliyat yuritgan.

Sentyabr o‘rtalarida Toshkentda 13-sentabr kuni “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 31 yoshli boshlovchisi Ramina Yagafarova vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. May oyida esa “Yoshlar” telekanalining “Yangi davr” dasturi teleboshlovchisi, jurnalist Nozima Mahmudova vafot etgandi. U yurak operatsiyasidan keyin hayotdan ko‘z yumgan. Martda bo‘lsa jurnalist va shoir, “Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyati xodimi Akmal Toshev vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »