Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ilmiy va innovatsion faoliyat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq Transport vazirligi huzurida Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etilgan.

Institut Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil transporti xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda O‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning temir yo‘l transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi negizida taʼlim muassasasi shaklida Transport vazirligi huzurida tashkil etildi. Endilikda:

  • transport sohasi kadrlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida har uch yilda kamida bir marta malaka oshiradi;
  • elektromobillarni boshqaruvchi haydovchilarning malaka oshirish o‘quv kurslari dasturlari bo‘yicha mustaqil tayyorgarlik ko‘rgan va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxslarga taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjat beriladi;
  • davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan yakuniy imtihonlar Transport vazirligi tomonidan yaratilgan maxsus elektron platformada topshiriladi.

Hujjat bilan Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan. Uning asosiy vazifalari quyidagilar:

  • kadrlarni, shu jumladan, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • transport sohasida innovatsion, fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda natijalarini amaliyotga joriy etish;
  • transport sohasida o‘quv-uslubiy metodik majmualar ishlab chiqilishini va joriy etilishini tashkil etish;
  • mutaxassislar uchun uzluksiz va kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini monitoring kiluvchi yagona elektron platformani yaratish va joriy etish.

Hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 30-sentyabrdan kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil sentyabr oxirlarida Shavkat Mirziyoyev transport sohasida islohotlarni jadallashtirish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi. O‘shanda yo‘l qurilishida ilg‘or standartlarni joriy etish, laborator ishlarni kuchaytirish, pudratchilar mas’uliyatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »