Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyatida gumon qilinayotgan ayol Maskatdan Toshkentga olib kelindi. Bu haqda byuro matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi

Ma’lum qilinishicha, Ummon sultonligi tomonidan odam savdosi jinoyatini sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi IIV Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.

Qidirilayotgan shaxs 2022-yilda bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, Birlashgan Arab Amirliklari va Ummonda yaxshi maoshli ish va go‘zal hayotni vaʼda qilib, qizlarni chet elga olib ketgan va u yerda sheriklari bilan jabrlanuvchilarning pasportlarini olib qo‘yib, ularni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan.

Jinoyatchini qo‘lga olish va O‘zbekistonga ekstraditsiyasini taʼminlash Toshkent va Maskat Interpol Milliy markazi byurolari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik va tezkor-axborot almashinuvi tufayli amalga oshirilgan.

Ekstraditsiya holatlari

2023-yilning mart o‘rtalarida Latviyada o‘zini elchixona xodimi sifatida tanishtirib, odamlarni chuv tushirib yurgan O‘zbekiston fuqarosi ekstraditsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, mart oxirlarida Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxsni ekstraditsiya qilish Shvetsiyadan birinchi marta amalga oshirildi.

Aprel boshida Moskva shahrida 13 yil oldin O‘zbekistonda sodir etgan jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi. Oy o‘rtalarida bo‘lsa, Qirg‘izistonda terrorchilik tashkilotiga a’zolikda gumonlanib, ikki o‘zbekistonlik hibsga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »