Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya o‘zining asosiy yadro majmuasidagi yadro reaktorining ishini to‘xtatdi, deb yozmoqda Donga Ilbo gazetasi.

Foto: KCNA

AQSH va Janubiy Koreya razvedkasi maʼlumotlariga ko‘ra, Yonben yadroviy majmuasidagi 5 megavatt quvvatga ega yadro reaktoridagi operatsiyalar sentyabr oyi oxiridan boshlab to‘xtatilgan.

“Janubiy Koreya va Qo‘shma Shtatlar fikricha, bu qurol uchun ishlatiladigan plutoniyni olish uchun olib borilayotgan ishlar belgisi bo‘lishi mumkin”, — deya hukumatdagi manbadan iqtibos keltirgan Donga Ilbo gazetasi.

Yadro reaktorida ishlatilgan yoqilg‘ini olib qayta ishlash plutoniy olishdan oldin amalga oshiriladigan qadamdir; qurol darajasidagi plutoniy yadro qurolini yaratish uchun mo‘ljallangan. Yonben yadroviy majmuasi Shimolning asosiy plutoniy manbai bo‘lib, undan yadroviy qurol yaratishda foydalanib kelingan.

Nashrning qayd etishicha, Shimoliy Koreyada uranni boyitish zavodlari ham mavjud bo‘lib, ular yadro quroli uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan alohida material manbai hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »