Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Namangan shahrida bitta ohak ishlab chiqarish sexi 7 milliard 56 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, “O‘zenergoinspeksiya” va “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda Namangan shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan

Xususan, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi A.E.N.ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz hisoblagichisiz, tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 7 milliard 56 million so‘m (4 mln 704 ming metr kub) zarar yetkazgan.

Ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 23 ming 520 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Ohak sexlarining noqonuniy faoliyati

  • Bir necha kun oldin Farg‘onada ohak sexini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 168,5 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani shaxs aniqlangan edi.
  • Shuningdek, Namangan shahrida ohak pishirish xo‘jaligi 4 milliard so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani
  • Jizzaxda ohak ishlab chiqarish sexi 330 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »