Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston va O‘zbekistonga eksport qilish oktyabrda boshlanadi, deb xabar berdi “TASS” Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tayanib.

Foto: Kreml matbuot xizmati

Bu haqda Putin 5-oktyabr kuni “Valday” klubining yalpi majlisida ma’lum qildi. U gaz eksporti Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

“Texnik jihatdan bu allaqachon amalga oshirilgan, (gazni) to‘liq yetkazib berish joriy yilning oktyabr oyida boshlanadi”, — dedi Putin. “Hozircha kichik hajmda, lekin bu Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun ham, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham juda muhim. Har biriga 3 milliard kubometr yetkazib beramiz, keyinchalik ko‘paytirishimiz mumkin”.

Putin Rossiyadan Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni tashkil etish uchun har uch mamlakatda gaz uzatish tizimlarini tiklash va qayta konfiguratsiya qilish talab etilganini qo‘shimcha qildi.

Xususan, SSSR davrida o‘rnatilgan quvurlarda qarama-qarshi yo‘nalishda gaz yuborish uchun ularni moslashtirish kerak edi. Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘z hududida, “Gazprom” esa Rossiyada tegishli rejalarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi.

Rossiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi kun tartibida energetika va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha boshqa masalalar ham bor. Rossiya rahbari ularni “iqtisodiy va moliyaviy nuqtayi nazardan qiyin, ammo yechimi bor” deb ta’rifladi.

Rossiyadan O‘zbekiston va Qozog‘istonga gaz eksporti

2022-yil noyabrda Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirokida “gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi. Uning maqsadlari orasida OAV gaz tranziti va uni boshqa bozorlarga, xususan, Xitoyga yetkazib berishni muvofiqlashtirishni keltirdi.

Yanvar oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirliklari “Gazprom” bilan hamkorlik rejalarini imzoladi. Dastlab, 1-martdayoq Rossiya gazi tranzitini yo‘lga qo‘yish rejalari haqida xabar berilgandi, biroq infratuzilma bunga tayyor bo‘lmagan.

Qozog‘iston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev iyun oyi boshida quvurlarni 2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash muddatini belgilab berdi. Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston va Rossiya gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni rasmiylashtirdi.

“O‘zGazTrade” va “Gazprom Eksport” o‘rtasida bir vaqtda tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra, yiliga 2,8 milliard kub metrgacha gaz yetkazib beriladi. Avgust oyida Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga 1,5 dan 10 milliard kub metrgacha gaz yetkazib berish masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar berildi.

Oktyabr boshida O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati mamlakat infratuzilmasi Rossiya gazini qabul qilishga tayyorligi haqida xabar qildi. Satkaliyevning aytishicha, Qozog‘iston oktyabr oyi oxirigacha tranzitni yo‘lga qo‘yishni kutmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »