Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sud majlisining 4-oktyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida so‘z olgan sudlanuvchi tergov davomida bergan ko‘rsatmalarini inkor etib, sababini unga bosim bo‘lgani bilan izohladi. Bu haqda sudda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Foto: “Daryo”

2023-yilning 4-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida “Dok-1 Maks” mashmashalari ochiqlangunga qadar “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan sudlanuvchi so‘roq qilindi. 

Suddagi ko‘rsatmalari davomida tergovda bergan ma’lumotlarining aksariyatini, jumladan laboratoriya qilinishi lozim bo‘lgan dorilarni sotib, daromad qilgan guruh haqidagi ma’lumotlarni inkor etgan sudlanuvchiga savol bergan sudya “Tergovda sizga tazyiq o‘tkazildimi? Agar tazyiq o‘tkazilgan bo‘lsa, ma’muriy tekshiriladi”, dedi. 

Bunga javob bergan sudlanuvchi “Endi buni tazyiqmi yoki nima deb tushunasizlar bilmadim, sababi menga bu narsalar oldindan ko‘rilgan, tayyor deyishdi”, dedi. Shunda sudya “bu gaplarni sizga kim aytdi”, deb so‘radi. Sudlanuvchi “tergovchi” deya javob qaytardi.

Xo‘p, ko‘rsatmalaringiz yozma tarzda oldindan yozib qo‘yilgan bo‘lsa, pushaymonlik arizangiz-chi? U ham oldindan yozib qo‘yilgan ekanmi? Pushaymonlik arizangizda ham bu holatlar (dorilarning sotilib, daromad olingani haqidagi ma’lumot) bor. Bunga nima deysiz. Pushaymonlik arizangizni o‘zingiz yozganmisiz, uni yozib berishmaganmi?, deya so‘radi sudya.   

“Ha pushaymonlik arizamni o‘zim yozganman. Orttirib qolingan dorilar bo‘yicha kelishuv bo‘lmagan. Lekin dorilar orttirib qolingan”, dedi sudlanuvchi. 

Sudlanuvchining qo‘shimcha qilishicha, tergov davomida tergovchi unga pushaymonlik arizasini yozish davomida uni qo‘rqitgan. 

Sizga tergovchi pushaymonlik arizasini mana bunday qilib yozasan deb qo‘rqitdimi? Yoki o‘zingiz ixtiyoriy yozdingizmi?, deb so‘radi sudya. 

“O‘sha yerda qo‘rqitish ham bo‘lgan. Bu narsalarni tan olmasang qamalasan deyishdi”, dedi sudlanuvchi. 

Sudya bunga javoban sudlanuvchiga nafaqat tergovdagi ko‘rsatmasini inkor etayotganini, sudda aytayotgan gaplari ham bir-biriga to‘g‘ri kelmayotganini aytib, buning sababini so‘radi. 

Sud tergovi davomida sudlanuvchi laboratoriya qilinishi lozim bo‘lgan dorilar orttirib qolinganini, sotilganini tan oldi. Ammo bu ishlar oldindan rejalashtirilmaganini, kelishuv bo‘lmaganini bildirdi. 

Bu dorilarni hech kim so‘ramagan, ro‘yxati ham tuzilmagan, — deya javob berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »