Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Kongress Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti lavozimidan chetlatilganidan keyin vaqtincha uning o‘rnini egallashga tayyorligini aytdi, deb yozmoqda Fox News.

Foto: Zuma

Trampning so‘zlariga ko‘ra, “Kongressdagi do‘stlari” undan “birlashtirish” vazifasini bajarishni so‘ragan.

“Ular mendan nomzod borasida bir qarorga kelguniga qadar (Respublikachilar) partiyasini qisqa muddatga boshqarishimni so‘rashdi. Men buni o‘zim xohlaganim uchun emas, zarurat bo‘lsa, ular yakuniy qarorga kela olmasa, qilaman”—  dedi sobiq prezident.

Fox News yozishicha, Makkarti iste’foga chiqqanidan so‘ng Vakillar palatasining yuridik qo‘mita raisi Jeim Jordan va Vakillar palatasidagi ko‘pchilikning vakili Stiv Skaliz bo‘sh o‘rin uchun ariza topshirgan. Tramp agar respublikachilar konsensusga erisha olmasa, o‘zi qisqa “30, 60 yoki 90 kunlik muddat” uchun spiker lavozimini egallashga tayyorligini taʼkidladi.

3-oktyabr kuni AQSH Kongressining Vakillar palatasi Makkartini spikerlik lavozimidan chetlashtirish uchun ovoz berdi. Demokratik partiyadan barcha kongressmenlar – 208 kishi, respublikachilardan sakkiz nafari uning iste’fosini yoqladi. 

Makkartining respublikachi tanqidchilari asosan uning moliyaviy masalalardagi pozitsiyasini tanqid qilmoqda. Xususan, u AQSH hukumatiga o‘zining “toza” byudjet loyihasi bilan (Ukrainaga yordamdan tashqari) hukumat xodimlari maoshsiz qolishining oldini olishga yordam berdi. Loyiha demokratlar yordami bilan qabul qilindi va noyabr oyining o‘rtalarigacha amal qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »