Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektoridan 7-oktyabr tonggida Isroil tomon o‘nlab raketalar uchirildi, deb xabar beradi Deutsche Welle.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, bir qator shaharlarda havo hujumidan ogohlantirish eʼlon qilingan va havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushirilgan. Turar joy binolariga zarar yetkazilgani haqida xabarlar mavjud. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, otishma natijasida bir isroillik halok bo‘lgan, bir necha kishi yaralangan.

Isroil armiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘qotar qurollar bilan qurollangan bir necha kishi G‘azo sektoridan mamlakatning chegara hududlariga kirib kelgan. Aholidan o‘z uyida qolish so‘ralmoqda.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu yaqin soatlarda xavfsizlik tizimi rahbariyati bilan tezkor uchrashuv o‘tkazadi. Mudofaa vazirligi zaxiradagi harbiylarning ommaviy chaqiruvi va G‘azo sektoridan 80 kilometr radiusda favqulodda holat joriy etilishini eʼlon qilgan.

Shanba kuni Isroil yahudiy kalendariga ko‘ra Simxat-Tora bayramini nishonlaydi. Bayram arafasida G‘arbiy Sohil va G‘azo bilan chegaradagi chegara punktlari yopilgan.

HAMAS harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi

Falastinning HAMAS tashkiloti harbiy qanoti qo‘mondoni Muhammad Deyf hujumlardan so‘ng Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. HAMAS Isroil “jinoyatlari”ga chek qo‘yishga qatʼiy qaror qildi, deydi u. O‘z navbatida, Isroil mudofaa kuchlari HAMAS o‘z hujumi uchun “juda yuqori narx to‘lashini” aytgan. 

Avgust oxirlarida G‘azo sektorida hukmron bo‘lgan Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyor, degandi harakat siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriy Livanning Al-Mayadeen telekanaliga bergan intervyusida. Sentyabr o‘rtalarida esa Isroilning G‘azo bilan chegarasidagi ajratuvchi panjara yonida sodir bo‘lgan portlashda kamida besh nafar falastinlik halok bo‘lgan, 25 nafari yaralangan edi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »