Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berish jarayoniga start berdi, deb yozmoqda “TASS”.

Foto: “NTV”

Tegishli tadbirda Rossiya rahbari endilikda O‘zbekiston qo‘shimcha energiya manbasiga ega bo‘lishini, aholi xonadonlari va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni issiqlik va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash kafolatlanishini ta’kidladi.

“Qozog‘iston esa shimoliy va sharqiy hududlarni gazlashtirish masalasini hal qiladi, Rossiya tabiiy gazning ishonchli yetkazib beruvchisi maqomini tasdiqlaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.

16-iyun kuni “Gazprom” Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida O‘zbekiston rasmiylari bilan tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi. Shartnoma ikki yilga tuzilgan.

Bir kun avval prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tijorat shartnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston har yili Rossiyadan 2,8 milliard kubometr gaz sotib olishini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »