Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Teshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan N.M. fuqarolar X.A., D.J. va G‘.J.ning ishonchiga kirib, ularning farzandlarini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga jami 8 ming dollar va 43,5 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda SH.S. ismli shaxs fuqaro M.I.ni tanishlari yordamida Toshkent shahridagi “Renessans” nomli xususiy oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa M.E. ismli shaxs fuqaro N.N.ga Rossiya yoki Tojikiston davlatlaridagi oliy o‘quv yurtida o‘qigani haqida hujjatlar rasmiylashtirib berish orqali Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, evaziga 8 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona, Andijon, Guliston davlat universitetlari va “Narxoz”ga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Andijonda o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, 4 ming AQSH dollari olgan OTM xodimi qo‘lga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »