Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili G‘azo sektorida 20 nafar bola va 313 nafar katta yoshdagilar halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Unga ko‘ra, Isroilning raketa hujumlari natijasida 2 mingdan ortiq tinch aholi jarohatlangan. 

Bugun, 8-oktyabr kuni HAMAS jangarilari kamida yetti aholi punktida janglar davom etayotgani haqida xabar berdi. Ular orasida Ofakim va Sderot shaharlari ham bor.

Foto: AP

Isroil armiyasi chegara hududlaridan tinch aholini ommaviy evakuatsiya qilishini e'lon qildi. Isroil Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Daniel Hagarining aytishicha, "mamlakat armiyasi 400 dan ortiq falastinlik jangarilarni yo‘q qilgan". Bundan tashqari, HAMAS guruhining o‘nlab a’zolari hibsga olingan.

7-oktyabr kuni ertalab Falastinning HAMAS  harakati jangchilari Isroil hududiga raketa zarbalarini boshladi. Keyinroq jangchilar Isroil hududiga kirib, odamlarni garovga olgan. Bunga javoban Isroil aksilterror operatsiyasini boshlab, G‘azo sektoridagi turar joy binolari va masjidlarga havodan zarbalar berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »