Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iroq Turkmaniston gazini SWAP (o‘rnini qoplash sharti bilan — “Daryo”) sxemasi bo‘yicha qo‘shni Eron hududi orqali uzoq muddatli shartnomalar asosida kamida besh yil muddatga import qilishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, “Turkmengaz” davlat konserni rahbari Maqsat Babayev 2023-yilning 5—8-oktabr kunlari Bag‘dodda amaliy tashrif bilan bo‘lgan. Muzokaralar natijasida Iroq elektr energetika vazirligi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar kelgusida gaz sanoati sohasida hamkorlikdagi faoliyatning huquqiy, tijoriy, moliyaviy va tashkiliy shartlarini muhokama qilgan.

“Iroq tomoni har yili 10 milliard kub metr hajmdagi Turkmaniston tabiiy gazini qabul qilishga tayyor”, — deyiladi xabarda.

Matbuot xabarida aytilishicha, muzokaralar Ashxobodda 2023-yil 25—27-oktabr kunlari “Turkmaniston nefti va gazi” xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi doirasida davom etadi.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, turkman gazi Iroqqa Eron orqali tranzit yo‘l bilan olib kirilishi mumkin. Avvalroq Eron yangi bozorlarga yiliga 15 milliard kub metrgacha gaz reeksport qilishga tayyorligini bildirgan.

Ozarbayjon 2022-yildan beri xuddi shunday operatsiyalar bilan Eron orqali Turkmanistondan tabiiy gaz olmoqda.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »