Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, Isroil hujumlari oqibatida 123 538 nafar falastinlik G‘azo sektoridagi uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Foto: Reuters
“123 538 dan ortiq kishini tashkil etuvchi 17 500 dan ortiq oila, asosan qo‘rquv va xavfsizlik xavotirlari hamda vayronagarchiliklar sababli G‘azodagi uylarini tashlab ketishga majbur bo‘ldi”, — deyiladi tashkilot hisobotida.

BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, ulardan 73 538 nafari 64 ta maktabdan boshpana topgan. Agentlik tomonidan tayinlangan G‘azo sektoridagi boshpanalar ham ko‘chirilganlarni qabul qilib, ularga tez yordam ko‘rsatmoqda.

7-oktyabrdan beri HAMAS va Isroil armiyasi bir-birga aviazarbalar yo‘llamoqda. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘azo sektorida 413 nafar falastinlik halok bo‘lgani, yana 2,3 ming kishi jarohatlanganini ma’lum qildi. Isroilda 700 dan ortiq odam qurbon bo‘lgan, 2,1 ming kishi jarohatlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »