Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suv taʼminoti tizimidagi sarf-xarajatlarning keskin ortganligi munosabati bilan poytaxtda ichimlik hamda oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi kutilmoqda. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m, oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m oqava suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilash bo‘yicha takliflar Toshkent shahar deputatlar kengashiga taqdim etilgan.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahridagi oshishi kutilayotgan suv va kanalizatsiya narxlari Toshkent viloyati hamda respublikaning boshqa hududlaridagi ayni kundagi narxlardan pastligicha qolmoqda. Deputatlar kengashi muhokamasi yakunlaridan kelib chiqib suv va kanalizatsiya narxlari oshish sanasi haqida qo‘shimcha maʼlumot taqdim etib boriladi.

Bundan avval Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangandi. Andijon viloyatida esa 19-sentyabrda tasdiqlangan tariflarga ko‘ra narxlar o‘zgargan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »