Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS jangovar harakatlar tugamaguncha garovga olinganlar bo‘yicha muzokaralar olib bormaydi. Bu haqda harakat yetakchilaridan biri Ismoil Xoniya xabar berdi.

“Bizning qamoqxonalarimizda saqlanayotgan isroillik mahbuslarning ishi janglar tugaguniga qadar ochilmasligini barcha tomonlarga maʼlum qildik”, — deb yozdi HAMAS o‘zining Telegram kanalida.

Foto: Reuters

Kecha, 9-oktyabr kuni HAMAS vakili Muso Abu Marzuk falastinliklar kamida 130 kishini garovga olgani haqida xabar bergandi. Ular orasida ikki fuqarolikka ega bo‘lganlar, jumladan, Rossiya fuqarolari ham bor. Rossiya tomoni bu haqdagi ma’lumotni tasdiqlamayapti.

8-oktyabr kuni Falastin harakatining harbiy qanoti vakili Abu Ubayda Isroil tomonidan G‘azo sektoriga ogohlantirishsiz berilgan har bir zarba yoki bombardimon qilingan har bir bino uchun bittadan garovga olinganni qatl qilishini aytgandi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »