Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Shaxsga nisbatan zo‘ravonlikning navbatdagi ko‘rinishi bojxonachilardanligi to‘g‘risida shikoyat kelmoqda” nomli xabarga munosabat bildirdi.

Foto: Ombudsman matbuot xizmati

Qayd etilishicha, shikoyatlarda gumonlanuvchi E.E. Bojxona xizmati xodimlari tomonidan ushlanib, giyohvandlik moddasi bo‘yicha so‘roq qilinib, tanasining turli joylariga elektroshoker qo‘llanilgani va kaltaklanganini qayd etgan. Shuningdek, shikoyatda ushbu holat bo‘yicha Toshkent viloyati Bojxona xizmati xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi so‘ralgan.

Biroq gumonlanuvchi E.E. tomonidan u ushlab turilgan joy haqida maʼlumot berilmagan. Shu bois, Ombudsman xodimlari tomonidan tezkorlik bilan xabarda qayd etilgan gumonlanuvchi E.E.ning shaxsiga va u ushlab turilgan joyga aniqlik kiritilgan. Maʼlum bo‘lishicha, gumonlanuvchi E.E. Toshkent viloyatidagi 1-son Tergov hibsxonasida ushlab turilgan.

Ushbu xabar yuzasidan Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hibsxonaga borib, gumonlanuvchi E.E. bilan holi tarzda suhbatlashgan, gumonlanuvchidan yuqoridagi holat yuzasidan batafsil tushuntirish olingan va shikoyat qabul qilingan.

“Xabarda qayd etilgan holat va gumonlanuvchi E.E.ning Ombudsman nomiga yozgan shikoyati Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq, ko‘rib chiqish uchun Bosh prokuraturaga Ombudsman talabnomasi bilan kiritildi”, — deyiladi munosabatda.

Iyul oxirlarida Andijon viloyati prokuraturasi Qo‘rg‘ontepa tumanida ichki ishlar xodimlari fuqaroni kaltaklagani aytilgan xabarlarga munosabat bildirgandi. Shuningdek, “Yuksalish” harakati O‘zbekistonda qiynoqlarga barham berish bo‘yicha 10 ta taklifni ishlab chiqqan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »