Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonning Hirot viloyatida yana kuchli zilzilalar yuz berdi, deb xabar bermoqda “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri.

Hirotda 7-oktyabr kuni yuz bergan zilzila oqibatlari
Foto: Al-Jazeera

11-oktyabr, chorshanba kuni ertalab soat 05:12 atrofida Hirotda yana 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi Eronning Mashhad shahri, Afg‘onistonning Farah, Nimro‘z va Bodg‘is viloyatlarida ham sezilgan.

Zilzila oqibatida Hirot shahrining barcha hududlarida elektr energiyasi uzilib qolgan, uylar qulab tushgan, odamlar vayronalar ostida qolmoqda. Qurbonlar haqida ma’lumotlar aniqlanmoqda.

Hirotning Rabot Sangi tumanidagi Sinjob va Band Bagharcher hududlarida yarim soatda ketma-ket uchta kuchli zilzila sodir bo‘ldi: birinchisi 6,3 magnitudali, ikkinchisi 5,4 magnitudali, oxirgisi 4,1 magnitudali zilzila, deyiladi xabarda.

7-oktyabr kuni Afg‘onistonning Hirot viloyatida 6,2 magnitudali zilzila qayd etilgandi. Tabiiy ofat oqibatida 2 yarim mingga yaqin odam halok bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »