Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa davlatlarining migratsiya siyosatidagi mavjud tendensiyalari Yevropada fuqarolar urushiga olib kelishi mumkin. Bu haqda amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi postida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Mask britaniyalik bloger va siyosiy sharhlovchi Konstantin Kissinning Yevropa shaharlarida HAMAS guruhi harakatlarini “minglab odamlar nishonlashayotgani” haqidagi postiga shunday javob berdi.

Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda HAMAS harakati terrorchi sifatida tan olingan. Kissinning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada ushbu guruhni qo‘llaydigan odamlar tobora ko‘payib bormoqda, minglab “namoyishchilar” borib-borib o‘n minglab odamlarga aylanadi.

“Agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, Yevropada fuqarolar urushi muqarrar”, — deb javob berdi Mask.

Vengriya, Slovakiya, Germaniya, Italiya va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari noqonuniy muhojirlar oqimi muammosiga bir necha bor e’tibor qaratgan. Xususan, 14-sentyabr holatiga ikki kun ichida Italiyaning Lampeduza oroliga asosan Afrikadan kelgan 7 ming muhojir o‘rnashdi; mahalliy hokimiyat orolda favqulodda holat joriy qildi. Yevropa Ittifoqi chegara agentligi Frontex maʼlumotlariga ko‘ra, Markaziy O‘rta Yer dengizi orqali Yevropa Ittifoqiga noqonuniy kirib kelganlar soni yanvardan aprelgacha avvalgi yilga nisbatan deyarli 300 foizga oshgan.

Germaniya kansleri Olaf Shols taʼkidlaganidek, muhojirlar mamlakatga Sharqiy Yevropa davlatlaridan, xususan, Polshadan ko‘chib o‘tmoqda. Slovakiya ham muhojirlar uchun asosiy tranzit mamlakatlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »