Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekiston Respublikasi temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston temir yo‘llari” va uning tarkibidagi korxonalar negizida 2024-yil 1-yanvargacha quyidagilar tashkil etiladi:

  • yo‘l xo‘jaligi, elektr taʼminoti, signallashtirish va aloqa, lokomotiv xo‘jaligi, yagona dispetcherlik markazi va yuk stansiyalari ish faoliyatini taʼminlash bo‘yicha “Temiryo‘linfratuzilma” AJ;
  • yuk tashish xizmatlarini amalga oshirish, yuk vagon va konteyner xo‘jaligini saqlash va rivojlantirish, multimodal “eshikdan eshikkacha” tashuvlarni yo‘lga qo‘yish, logistika markazlari va terminallarini tashkil etish bo‘yicha “Temiryo‘lkargo” AJ;
  • yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha “Temiryo‘lekspress” AJ;
  • “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tarkibida vokzallar faoliyatini taʼminlash bo‘yicha “Temir yo‘l vokzallari” MCHJ va shahar atrofida yo‘lovchilar tashish bo‘yicha “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MCHJ;
  • bolalar oromgohlari, sog‘liqni saqlash, madaniy-maʼrifiy va sport obyektlarini saqlash bo‘yicha “Temir yo‘l ijtimoiy xizmatlar” muassasasi.

Temir yo‘lda yuklarni mahalliy, eksport va import yo‘nalishlarida tashish tariflariga taqdim etilgan chegirmalar 2024-yil 1-yanvardan bekor qilinadi hamda ularni faqat Vazirlar Mahkamasi qarori bilan taqdim etish tartibi joriy etiladi (bundan ikki yoki undan ko‘p xorijiy mamlakatlarning temir yo‘l maʼmuriyatlari bilan kelishuvlarga asosan taqdim etilgan chegirmalar mustasno).

2023-yil 1-dekabrgacha temir yo‘llarda yuklarni tashish tariflariga taqdim etiladigan chegirmalar ro‘yxati tasdiqlanadi.

2024-yil 1-yanvardan yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish hamda yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechiladi va ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tiladi.

2025-yil 1-yanvardan mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini (yuqori tezlikda harakatlanadigan va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish bundan mustasno) ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan temir yo‘l transportida yuk tashish xizmatlariga berilgan chegirmalar Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Shuningdek, 2027-yil 1-yanvargacha temir yo‘l transporti xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan olib kiriladigan ortish-tushirish ishlari uchun mo‘ljallangan mexanizm va uskunalarga bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

2026-yil 1-yanvargacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibidagi korxonalarga o‘zaro to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida tovarlarni sotish, ijaraga berish, xarid qilish, yetkazish, ish (xizmat)larini bajarishga ruxsat beriladi.

Sentyabr oxirlarida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temiryo‘l sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgandi. O‘shanda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingga aylantirilishi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning nosohaviy aktivlarini sotish vazifasi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »