Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev turistlarni jalb qilish bo‘yicha yangi imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bunda, eng avvalo, qo‘shni davlatlardan, Rossiya va Xitoydan sayyohlarni jalb qilish uchun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi. Masalan, Xitoyning hamma provinsiyalariga borib, hududlarimiz turistik salohiyatini keng targ‘ibot qilish, Xitoydan Samarqand, Buxoro, Xorazmga, Surxondaryo va Farg‘ona vodiysiga aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mamlakatga uzoq davlatlardan kelayotgan turistlar oqimi 3-4 barobar oshdi. Misol uchun, bu yil Hindistondan, Yaponiyadan, AQSHdan, Italiyadan sayyoh ko‘paydi. Lekin Malayziya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Qatardan hamda Yevropadan turistlarni jalb qilish ishlari sust ekani ta’kidlandi.

Ushbu mamlakatlardagi elchilarga va viloyat hokimlarining turizm bo‘yicha o‘rinbosarlariga turistlarni jalb qilish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish topshirildi.

Kelgusi hafta Samarqand shahri ilk bor Butunjahon turizm tashkilotining Bosh assambleyasi yig‘ilishiga mezbonlik qiladi. Hozirni o‘zida 128 ta mamlakatdan 1 mingdan ziyod ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi, shundan 79 nafari turizm vazirlari, 24 nafari vazir o‘rinbosarlari.

Prezident ushbu tadbir hokimlarga mamlakat turizm salohiyatini ko‘rsatish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidladi. Har bir viloyat hokimi o‘z delegatsiyalari bilan viloyatining tabiati, tarixi, madaniyati, ovqatlari, ziyoratgohlari, sayyohlik maskanlari va marshrutlarini namoyish qilishi, turizm loyihalari bo‘yicha kelishuvga erishishi shartligi qayd etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »