Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

10-oktyabr kuni Afg‘onistonga 45 nafar qozog‘istonlik qutqaruvchi jo‘natildi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi. FVVning bir guruh kuch va vositalari Qosim-Jo‘mart To‘qayev topshirig‘i bilan falokat hududiga yuborilgan.

Foto: Qozog‘iston FVV
“Hirot viloyatiga yetib kelgan zahoti, tun bo‘lishiga qaramay, qozoq qutqaruvchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Ular uchun ish maydoni sifatida Hirot shahridan 25-30 km uzoqlikda joylashgan Naibrofi hududida belgilanadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, rasmiylar ushbu hududni eng qiyin deb atagan. Aynan shu yerda bedarak yo‘qolganlar soni ko‘p”, — deyiladi Qozog‘iston FVV xabarida.
Foto: Qozog‘iston FVV

Hirot rahbariyati “samaradorlik uchun minnatdorlik bildirgan va kecha-yu kunduz ishlashga shay qutqaruvchilarning ruhidan hayratda qolgan”.

Bundan tashqari, bugun, 11-oktyabr kuni Qozog‘ison Afg‘onistonga gumanitar yukning birinchi qismini yubordi. To‘qayev topshirig‘iga muvofiq Qozog‘iston tomonidan moddiy yordam ham ko‘rsatilmoqda.

Foto: Qozog‘iston FVV

“Davlat moddiy zaxirasidan oziq-ovqat, chodir, kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shaklar ajratildi. Hammasi bo‘lib jo‘natilayotgan gumanitar yuklar ro‘yxatida 1 659 tonna yuk bor”, — deya maʼlum qildi Qozog‘iston FVV.
Foto: Qozog‘iston FVV

Shuningdek, SK Pharmacy Afg‘onistonga dori-darmonlar ajratgan. Dori-darmon va chodirlar Qozog‘iston Milliy gvardiyasi samolyoti orqali jo‘natildi. Afg‘oniston tomoni ularni bugun ularni qabul qiladi. Gumanitar yordamning qolgan qismi temiryo‘l orqali yetkaziladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »