Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradagi Belgorod viloyatida 12-oktyabrga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa tizimlari uchuvchisiz uchoqni urib tushirdi. Dron qoldiqlari xususiy turar joy binosiga qulab, yong‘in chiqdi, deb xabar bermoqda viloyat rahbari Vyacheslav Gladkov. Yong‘in oqibatida uch kishi — bir erkak, bir ayol va bola halok bo‘lgan.

Foto: Telegram

Bundan tashqari, Gladkov o‘zining Telegram kanalida ikki kishi jabrlanganini yozgan — og‘ir darajada kuygan erkak komada, oyoqlari singan va miyasi chayqalgan ayolning ahvolini shifokorlar og‘ir deb baholamoqda.

Dron bo‘laklari kelib tushishi oqibatida bitta turar joy binosi to‘liq vayron bo‘lgan, yana ikkitasi qisman zarar ko‘rgan va uchta avtomobilga ham shikast yetgan.

Belgorodda sodir bo‘lgan voqea tufayli “bir nechta tadbirlar jadvali o‘zgartirildi”, dedi Gladkov.

“Umid qilamanki, ota-onalar va bolalar tushunishadi, chunki qayta rejalashtirish zarurati bor”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh boshqa viloyatlari kabi Belgorod viloyati rasmiylari chegara hududlari o‘qqa tutilayotgani va dron hujumlari haqida muntazam xabar berib keladi. Dronlar chegaradan yuzlab kilometr uzoqlikdagi nishonlarga ham zarba bermoqda, xususan, ular bir necha bor Moskva markaziga uchib kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »