Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi deya qaralayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sud ishining 11-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari, sudlanuvchi S.K. va uning advokatlariga tergov organi tergovchisi tomonidan bosim o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.

Foto: “Daryo”

Bu haqda sudga advokat Temur Rahmatov ma’lum qildi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbariga himoyachi bo‘lgan advokatlar sud himoyasiga olinishini so‘radi. 

Yangilangan konstitutsiyamizda advokatlarning kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi, deb belgilab qo‘yilgan. Hurmatli sud, men sizdan S.K.ning advokatlarini himoyaga olishingizni so‘rayman. Chunki kecha himoyam ostidagi sudlanuvchiga yangi ayblov qo‘yilgach, T.U. ismli tergovchi kirib, himoyam ostidagi shaxsga “men sening advokatlaringning javobgarlik masalasini ko‘raman”, deb aytgan. Agar biz biror-bir nojo‘ya harakat qilganimizda, qanaqadir tadbir bo‘lsa, bizga aytmasdan qilardi. Lekin bu gapni aytishi himoyam ostidagi shaxsning bu gapni bizga aytishi va biz himoya pozitsiyamizni o‘zgartirish uchun aytildimi, bilmadim. Yoki qo‘rqitish masalasimi? — deydi bu haqda sudga bildirgan advokat. 

Advokatning yodga olishicha, tergov organi xodimining bu harakati birinchisi emas. 

Advokat Temur Rahmatov.
Foto: “Daryo”
O‘tgan safar ham gumon qilinuvchi chiqarilganida tergovchi kelib, “delo”ni taq etib tashlab, imzo kimniki, ha meniki, imzo kimniki, senikimi, deb so‘rab, menga yana ekspertiza so‘raysan, deydi. Men endi sudda ekspertiza ham so‘rashim mumkin emasmi? Men mana shu yerda (sud majlisi bo‘lib o‘tayotgan xonani aytmoqda. Tahririyat izohi) narsalarimni qoldirishga qo‘rqaman. Mana bu yoqda niqobdagilar yuribdi. Biror narsa tashlab qo‘yishsa, biror nima bo‘lsa, kim javob beradi? Men bu gapni ataylab, Ommaviy axborot vositalarining oldida gapiryapman. Sud va appelyatsiya tugaguncha agar bizga, advokatlarga biror nima bo‘lsa, aynan shu pozitsiyamiz uchun bo‘lganini hisobga olishingizni so‘rayman, — dedi advokat Temur Rahmatov.

Sudyaning bu haqdagi savoliga javob bergan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari, sudlanuvchi S.K. tergov organi xodimi uning yoniga kelib, “Advokatlaringning ikkitasiga syurpriz tayyorlab qo‘ydim. Sudning oxirida syurprizimni ko‘rsataman, dedi. Undan oldin ham advokatlaring nima qilyapti, kim bilan uchrashyapti, telefonda kim bilan gaplashyapti, hammasini ko‘rib, bilib o‘tiribmiz, kerakli paytda chorasini ko‘ramiz, deyishgandi. Buni qo‘rqitish deymizmi, bilmadim, shunday shama qilish bo‘lgan”, — dedi. 

Mazkur iltimosnomani eshitgan sud murojaatni inobatga olganini ma’lum qildi va “Sizning himoya pozitsiyangizga ta’sir qiladigan holatlar aniqlansa, bizga murojaat qilishingiz mumkin”, dedi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »