Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya bilan munosabatlar “yangi va yuqori darajada” rivojlanishiga ishonch bildirib, “imperialistlar gegemonligiga qarshi kurashda” rus xalqining g‘alabasiga umid qilmoqda. Bu haqda u Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida aytib o‘tdi.

Foto: KCNA
“Rossiyaga yaqinda amalga oshirgan rasmiy do‘stlik tashrifim chog‘ida o‘rtoq (Vladimir) Putin bilan Koreya—Rossiya do‘stlik munosabatlarini ko‘p tomonlama rivojlantirish bo‘yicha samimiy va har tomonlama fikr almashganimdan to‘liq mamnunman”, — deyiladi KCNA davlat agentligi iqtibos keltirgan tabrik matnida.

Kim Chen In ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va hamkorlik izchil rivojlanib, yangi yuksak bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirgan.

“Fursatdan foydalanib, kuchli davlat barpo etish yo‘lida ko‘tarilgan rus xalqi gegemonlik siyosati va imperialistlarning yakkalash, bo‘g‘ish, Rossiyaga qarshi fitnalarini buzish uchun kurashda doimo g‘alaba va shon-shuhrat qozonishiga umid bildiraman. O‘rtoq Putinga chin dildan mustahkam sog‘lik va masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman”, — deyiladi telegrammada.

U SSSR KXDR bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan birinchi davlat bo‘lganini ta’kidladi. KXDR rahbari taʼkidlashicha, bu aloqalar “ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash kafolati bo‘ldi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Koreya—Rossiya munosabatlari “do‘stlik, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik yo‘lidan, tarixning barcha sinovlarini yengib o‘tib” doimo olg‘a siljib kelmoqda. Kim Chen In ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik endilikda “barqaror va istiqbolli yangi davrning abadiy gullab-yashnashi sari” borayotganini qo‘shimcha qildi.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In sentyabr oyi o‘rtalarida Rossiyada qariyb bir haftalik tashrif bilan bo‘ldi. Safari davomida u Putin bilan uchrashdi, Rossiyaning ilg‘or aviatexnologiylari bilan tanishdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »