Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zgidromet” 13-oktyabr, juma kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi va kunduzi 10-12 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, baʼzi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

  • Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 14-19 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, baʼzida 22-25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

  • Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi, tog‘larda baʼzi joylarda qorga aylanadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.

  • Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq O‘zbekiston hududiga 12—14-oktyabr kunlari nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »