Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent markaziy (“Shimoliy”) vokzalidan harakatlanuvchi aksariyat poyezdlar bir oy davomida “Janubiy” vokzaldan qatnashi to‘g‘risida xabar berilgandi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ning ma’lum qilishicha, 16-oktyabr sanasidan boshlab Toshkent markaziy vokzali o‘z faoliyatini avvalgi jadval bo‘yicha boshlaydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Toshkent markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek Toshkent markaziy vokzalidan davom ettirishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

Yaʼni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va Toshkent—Volgograd—Toshkent yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdlar avvalgidek Toshkent markaziy vokzalidan harakatlanadi. Shuningdek, hozirda Toshkent markaziy vokzali va To‘qimachi bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Hojikent, Guliston, Angren, Xovos, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16-oktyabr sanasidan boshlab Toshkent “Janubiy” vokzalidan harakatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 13—15-sentyabr kunlari amalga oshiriladigan bir qator yo‘lovchi poyezdlar harakati texnik sabablarga ko‘ra bekor qilingandi. Oktyabr boshida esa O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishdagi poyezd chiptalari narxi 50 foizga, “Afrosiyob”niki esa 100 foizga oshirilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Sentyabr oxirlarida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temiryo‘l sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgandi. O‘shanda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xoldingga aylantirilishi, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning nosohaviy aktivlarini sotish vazifasi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »