Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Yashnobod tumanida qalbaki 40 million so‘mni sotishga uringan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda E.H. ismli shaxs fuqaro A.D.ga 200 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni 18 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Qalbaki pullar muomalasi

Bundan oldin Navoiy viloyati IIB TQX JQB, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi va departament xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh tomonidan 400 million so‘m soxta pullar 160 million so‘m haqiqiy pullarga almashtirilayotgan paytda qo‘lga olingandi. Aprel boshlarida esa Toshkent shahri Yangihayot tumanida xaridor qalbaki pulga iPhone sotib olgani, Toshkent viloyati Angren shahrida qalbaki pullar muomalaga kiritilishining oldi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

2022-yil noyabrida Namangan viloyatida qalbaki 8 300 dollarni muomalaga kiritishga uringan shaxs ushlangan edi. Dekabrda esa Namanganda MIB idorasida qalbaki 10 000 dollar yoqib yuborilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »