Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) 2023-yil uchun O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi prognozini yaxshiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xalqaro valyuta jamg‘armasining oktyabr oyidagi jahon iqtisodiyoti rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi hisobotida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizga o‘sishi prognoz qilingan. Aprel oyida XVJ 5,3 foizlik o‘sishni prognoz qilgan edi. 2024-yilgi YAIM o‘sishi bo‘yicha prognoz 5,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldi.

2023-yilda iqtisodiy o‘sish surʼatlari bo‘yicha O‘zbekiston Qozog‘iston (4,6 foiz), Qirg‘iziston (3,4 foiz) va Turkmanistondan (2,5 foiz) oldinda, lekin Tojikistondan (6,5 foiz) ortda qolmoqda.

O‘zbekistonning joriy to‘lov balansi 2023-yilda 2022-yildagi -0,8 foizga nisbatan -4,3 foizni tashkil etadi. 2024-yilda bu ko‘rsatkich -4,6 foizgacha ko‘tariladi.

XVJ, shuningdek, O‘zbekistonda inflyatsiya 2022-yildagi 11,4 foizdan 2023-yilda 10,2 foizga, 2024-yilda esa 10 foizgacha pasayishini prognoz qilmoqda.

Avvalroq Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023 va 2024-yillarda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qilgandi. Bank o‘zining mintaqaviy hisobotida tashqi bog‘liqlikning nisbatan kuchsizlanishiga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushining yanada kuchayishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan.

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra esa O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 2023-yilda 5,5 foizga yaqinlashadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »