Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgan dispetcher va iqtisodchi ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon viloyati filiali dispetcheri M.A. fuqaro M.Q.ni 1,5 ming dollar evaziga Call-markazga ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgani aniqlangan.

Dispetcher puldan 1 000 dollarni olgan vaqtida ushlangan. Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon viloyati filiali iqtisodchisi D.U. o‘z xizmat xonasida M.A.dan 1000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

2022-yil dekabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tibbiyot birlashmasi bosh shifokori 500 dollar pora bilan qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, avgust oyida Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida pora evaziga hamshiralikka ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi. 2023-yil aprelida esa  Qashqadaryoda sog‘lom odamni ruhiy kasalxonaga ro‘yxatga qo‘ygan bosh shifokor qo‘lga olingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »