Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Har bir muvaffaqiyatga erishgan insonlar ortida nafaqat bilim va mehnat, balki odatlar ham turadi. Albatta, bu Ilon Maskning odatini takrorlash sizni milliarderga aylantiradi, degani emas, lekin buni namuna sifatida ko‘rsatish samaradorlikka yordam berishi mumkin. Foydali odatlarni shakllantirish uchun o‘rtacha ikki oy kerak bo‘ladi va buning uchun, albatta, sabr talab etiladi, deb yozadi People Talk.

Faqat kerakli narsalarni sotib oling — Stiv Jobs

Foto: Yandex
 

Badavlat odamlar pulni usiz ham amalga oshirish mumkin bo‘lgan narsalarga sarflamaslikka harakat qiladi. Har doim qora sviter va ko‘k djinsi shim kiygan Stiv Jobsni yoki har kuni bir xil kulrang futbolka kiyib yuradigan Mark Sukerbergni misol qilish mumkin. Boy odamlar aslida tejamkor, shuning uchun sotuvchilarning hiylalari ularga ish bermaydi.

Filmdan ko‘ra kitobni tanlang — Mark Sukerberg

Foto: Yandex

Kechqurun kino yoki serial tomosha qilish, albatta, yaxshi, lekin mutolaa undan ham afzalroq. Kitoblar filmlardan farqli o‘laroq, tasvirlarga emas, balki ma’nolarga e’tibor beradi. Masalan, Bill Geyts bolaligidan kitob o‘qishni yaxshi ko‘radi va har yili o‘zining sevimli kitoblari ro‘yxatini tuzadi. Masalan, 2021-yilgi ro‘yxatga Jeff Xokinsning miyaning ishlashi va sun’iy intellekt haqidagi “Mingta miya: yangi intellekt nazariyasi” kitobi kiritilgan.

Kuningizni rejalashtiring — Bill Geyts

Foto: Yandex
 

Bu barcha uchun kerak bo‘lgan odatiy vaqtni boshqarishdir. Ertalab yoki kechqurun ertangi kun uchun qilinadigan ishlar ro‘yxati rejalashtirilsa va yozilsa, bu yanada samarali bo‘ladi. Rejadagi barcha ishni amalga oshirishga vaqt yetmasligi mumkin, lekin, albatta, rag‘bat bo‘ladi.

Budjetni kuzatib boring — Ilon Mask

 Foto: Yandex
 

Bu faqat kerakli narsalarni sotib olish haqidagi birinchi bosqich bilan bog‘liq. Bu odatni qanday bajarish kerak? Budjetni kuzatib borish va xarajatlarni tahlil qilish tavsiya etiladi. Badavlat odamlar har doim o‘z daromadi va xarajatlarini nazorat qiladi.

Har qanday daromadning 10 foizini yig‘ib qo‘ying — Jeff Bezos

Foto: Yandex
 

Bu ham investitsiya qoidalaridan biridir. Har bir daromadning 10 foizini olib qo‘yish orqali nafaqat pulni tejash, balki o‘zingiz uchun moliyaviy xavfsizlik savatini yaratish mumkin. Bunday zaxira kutilmagan inqiroz, ish joyini yo‘qotish yoki rejalashtirilmagan xarajatlar uchun kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »